Muloqot AI
Muloqot AI – kar, soqov va ko'rishida nuqsoni bor shaxslar uchun mo'ljallangan inklyuziv mobil ilova ekotizimidir. Ilova o'z ichiga O'zbek imo-ishora tilini kamera orqali tanib matn va ovozga o'giruvchi UzSL tarjimonini, atrof-muhitni ovozli o'qib beruvchi Ko'rish AI yordamchisini, qulay suhbat hamda bog'lanish bo'limlarini, shuningdek xavfli vaziyatlarda tezkor xabar yuboruvchi SOS favqulodda yordam funksiyasini oladi. Barcha tahlillar serverga yuborilmasdan, Edge AI texnol
Muloqot AI (The Inclusive Link) loyihasi kar, soqov va ko'rishida nuqsoni bor shaxslar uchun mo'ljallangan kompleks inklyuziv ekotizim hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat bilan erkin va to'siqlarsiz muloqot qilishini ta'minlashdan iborat. Ilova bir nechta asosiy bo'limlar va imkoniyatlarni o'z ichiga oladi: birinchidan, UzSL Ishora Tili Tarjimoni funksiyasi orqali O'zbek imo-ishora tilini kamera va sun'iy intellekt yordamida real vaqt rejimida aniqlab, matn va ovozga o'girish imkonini beradi. Ikkinchidan, Ko'rish AI Ovozli Yordamchi bo'limi atrof-muhitdagi obyektlarni, eshik va stollarni tanib, ko'rishida nuqsoni bo'lgan shaxslarga ovozli ko'rsatmalar beradi hamda OCR orqali matnlarni o'qib beradi. Uchinchidan, Suhbat va Bog'lanish bo'limlari foydalanuvchilar o'rtasida matnli va ovozli muloqot qilish, guruhlar ochish hamda inklyuziv xonalarni yaratish imkonini taqdim etadi. To'rtinchidan, Favqulodda yordam SOS paneli xavfli vaziyatlarda birgina tugmani bosish orqali oila a'zolari va tezkor xizmatlarga GPS joylashuvi bilan birga tezkor xabar yuborish vazifasini bajaradi. Shuningdek, Sozlamalar bo'limida hisob qaydnomasi, bildirishnomalar, kamera sezgirligi va maxfiylik sozlamalarini boshqarish mumkin. Tizimning ishlash prinsipi Edge AI texnologiyasiga asoslangan bo'lib, barcha tasvirlar va ma'lumotlar serverga yuborilmasdan to'g'ridan-to'g'ri mobil qurilmaning o'zida 15 millisoniyadan kam vaqt ichida tahlil qilinadi va bu foydalanuvchilarning maxfiyligini to'liq kafolatlaydi. Boshqa o'xshash xalqaro ilovalardan farqli o'laroq, bu loyoya aynan O'zbek imo-ishora tili va mahalliy dialektlarga to'liq moslashtirilganligi bilan ajralib turadi.
Team
Ma’rufova Gulchiroy Aminjonova Xonzodaxon
Achievements
IT Queens - Sun’iy intellekt yo‘nalishida 2 - o'rin IT Queens - Farg‘ona viloyati hududiy bosqichida 1-o‘rin
