BuildAI Uzbekistan
BuildAI Uzbekistan — bu uy-joy va qurilish loyihalarini sun’iy intellekt (AI) orqali arzonroq, tezroq hamda energiya tejovchi tarzda amalga oshirishga mo‘ljallangan platforma bo‘lib, uning shiori "Build smarter. Live better." deb nomlanadi.
BuildAI Uzbekistan — bu uy-joy va qurilish loyihalarini sun’iy intellekt orqali arzonroq, tezroq hamda energiya tejovchi qilib beruvchi platforma bo‘lib, uning shiori "Build smarter. Live better." deb nomlanadi. Bugungi kunda mijozlar qurilish boshlanishidan oldin yakuniy natijani ko‘ra olmasligi, professional dizayn va konsultatsiyaning qimmatligi hamda smeta va material tanlash jarayonining murakkabligi kabi muammolar mavjud. BuildAI bu muammolarni hal qilish uchun foydalanuvchiga telefon orqali xona rasmini yuklash imkonini beradi va tizim avtomatik ravishda interyer/eksteryer dizayn, 3D vizualizatsiya, narx smetasi, material tavsiyalari hamda energiya samaradorligi hisobotini yaratib beradi. Platforma tarkibiga Interior AI, Exterior AI, Green AI, Landscape AI, Cost AI hamda AR View & Marketplace kabi modullar kiradi. Shuningdek, GIS moduli orqali quyosh nuri, iqlim, shamol va harorat hisobga olinib, har bir shahar uchun maxsus tavsiyalar beriladi. Daromad modeli Premium ($15/oy), Pro ($50/oy), Construction ($300/oy) paketlari, Marketplace komissiyasi (5-10%) hamda korxonalar uchun AI API xizmatlaridan iborat. Loyihaning kelgusidagi rejalari 2026-yilda MVP yaratishdan boshlanib, 2030-yilga borib global maqsadlarga erishishni o‘z ichiga oladi.
Team
Farhodjon Olimov
Achievements
President Ai Awards
