Solidjonov Dilyorjon – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi!

Xorijiy til adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Solidjonov Dilyorjon Zoirjon oʻgʻli – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.
Dilyorjon bolaligidan kitob mutolaa qilishga, til oʻrganishga qiziqadi. U universitet rahbariyati tomonidan GPA ko‘rsatkichi eng yuqori talaba sifatida ham e‘tirof etilgan. U kelgusida ingliz tilidagi bilimlarini yanada oshirib dunyoda top 100 talikka kirgan universitetlarida magistraturani davom ettirish niyatida.
