Oliy ta'limdan keyingi ta'lim ixtisosliklari dasturlari
Qo'qon universitetida tayanch doktorantura (PhD) bo'yicha ta'lim jarayonini sifatli tashkil etish hamda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ta'lim mazmuni bilan oldindan tanishish imkoniyatini yaratish maqsadida universitetda mavjud ixtisosliklar bo'yicha ta'lim dasturlari (Educational Program) universitetning rasmiy veb-saytida e'lon qilinmoqda.
Quyidagi ixtisosliklar bo'yicha tasdiqlangan ta'lim dasturlari bilan tanishishingiz mumkin:
- 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
- 08.00.13 – Menejment
- 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi
- 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
- 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati
- 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
Ta'lim dasturlarida ixtisoslikning maqsadi, o'quv modullari, kompetensiyalar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, malaka talablari hamda doktorantlarning o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
Quyidagi ilovalar orqali har bir ixtisoslikning ta'lim dasturini yuklab olishingiz mumkin.
