✍️ ETU TIRNOQ
(Qardosh qoraqalpoq-o‘zbek xalqiga)
Turkiy millatlarning bir bo‘lagimiz,
Bir tanu, bir jonmiz, nasli insonmiz.
Bir yaqo, yeng bo‘lgan din — ko‘ylagimiz,
Eli bir, dili bir, Yeru osmonmiz.
Ahli birodarlik ayb bo‘lsa agar,
Senu mendan ketgan bo‘lmasmu iymon?!
Oraga qay shayton tushdi bu safar,
Do‘stlar do‘stlaridan bo‘lsa badgumon.
Qoraqalpoq deymu, yo deyin o‘zbek,
Etu tirnoq kabi yashagan inoq.
Oraga yetti yot begonalardek,
Pista po‘choq gap-la, solinsa nifoq!..
Aldanma, birodar makri ig‘voga,
Ishonma, sen uchun qayg‘urmas ular.
Iblisdek dushman yo‘q Momo Havvoga,
Nochorliging ko‘rib, ustingdan kular.
Agar aqling bo‘lsa, birlash, musulmon,
Qog‘ozdek parchalar dunyoni zo‘rlar.
To‘rt muchamiz sog‘u, bo‘lsakda omon,
Asl haqiqatni ko‘rmoqda ko‘rlar.
Qoraqalpoq — onam, o‘zbegim — otam,
Og‘am deymu, inim, yo opa-singlim.
Sen menga, men senga bir butun olam,
Mehru oqibatli xalq bo‘lgin elim!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi.