🔰 Qoʻqon universitetida “Mening konstitutsiyam” shiori ostida jamoatchilik muhokamasi maydoni tashkil etildi
“Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan muhokama anjumanida shahar faollari, oʻqituvchi-pedagoglar, davlat boshqaruv organlari xodimlari, tibbiyot tizimi va ilmiy doiralar vakillari, tadbirkorlar, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, talabalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishmoqda.
Anjumanda Konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati, mamlakat kelajagi uchun ahamiyati keng targʻib etilmoqda.
30 июня 2022 г.
⁞
633