"Orientation week" seminar-trening darslariga direktor tashrif buyurdi
Qoʻqon universitetida 1-kurs masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun "Orientation week" haftaligi davom etmoqda. Seminar-trening darslarida talabalar oʻzlari uchun zarur boʻlgan bilimlarni oʻzlashtirib kelmoqda.
Bugun masofaviy ta'lim shakli boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi talabalarining seminar-trening darsiga Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda talabalarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ichki tartib-intizom, ECTS kredit-modul tizimi asosida o‘qish, HEMIS ta'lim platformasidan foydalanish, baholash mezonlari, GPA ko‘rsatkichlari va mustaqil ta'lim bo‘yicha tushuncha berib oʻtildi.
19 сентября 2023 г.
⁞
890