Qo‘qon universitetida koreyalik professorning maxsus ma'ruzasi tinglandi
Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti biznes maktabi (Seol National University Business School) professori Doktor Jun Yong Wook Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi.
Doktor Jun Global Learning Institute dekani, Sookmyung Women's University vitse-prezidenti, Hynix, Samsung Electronics, Hyundai Motors va SK Telecommunications kabi ko‘plab yirik Koreya korporatsiyalari biznes maslahatchisi, xalqaro biznes sohasida ko'plab maqolalar va darsliklar muallifidir.
Doktor Jun Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilariga "Tashkilotning muvaffaqiyat formulasi" mavzusida ma'ruza qildi. O‘z ma'ruzasi orqali biznesni boshlash, boshqarish va strategik menejment borasidagi bilimi va ko‘p yillik tajribalarini yetkazdi.
Xorijiy mehmon Qo‘qonning tarixiy obidalarida shahrimiz tarixi bilan tanishdi.