"Turkiy tilli yoshlar" xalqaro festivali

photo_2023-07-10_15-34-14.jpg

Qoʻqon universitetida 11-15-iyul kunlari “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkaziladi. Mazkur festival Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. 

Asosiy tadbirlar Qoʻqon universiteti hududida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etilgan.

Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etno sport turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash boʻyicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.

10 июля 2023 г. 1096
Следите за официальным каналом университета в Telegram Стать членом
Обращение к ректору Обращение

Популярный