+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

EduBridge

EduBridge

EduBridge — bu O‘zbekiston talabalarini xalqaro ta’lim imkoniyatlari (grantlar, exchange va xorijiy dasturlar) bilan bog‘lovchi, ularni talaba profiliga mos holda topib beruvchi va arizani oxirigacha olib boruvchi aqlli platformadir

EdTech — образовательные технологии
EduBridge

EduBridge — bu O‘zbekiston talabalarini xalqaro ta’lim imkoniyatlari, jumladan grantlar, exchange va xorijiy dasturlar bilan bog‘lovchi, ularni talaba profiliga mos holda topib beruvchi hamda arizani oxirigacha olib boruvchi aqlli platformadir. Loyiha Qo‘qon universiteti talabasi Abdumannonova Gulira'no tomonidan asos solingan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida millionlab talabalar tahsil olsa-da, xalqaro imkoniyatlar haqidagi e'lonlar turli saytlar, Telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketgan. Shuningdek, talabalar o‘zlarining GPA ko‘rsatkichi, til darajasi yoki kursi bo‘yicha aniq bir dasturga mos kelish-kelmasligini tezda tekshira olmaydi, hujjatlar va muddatlarni bir joyda boshqarish qiyinligi sababli ko‘plab yaxshi imkoniyatlar boy beriladi. EduBridge bu muammolarni hal qilish uchun talabaga o‘z universiteti, yo‘nalishi, kursi, GPA ko‘rsatkichi, til darajasi va maqsadlarini kiritish imkonini beruvchi profil yaratish funksiyasini taqdim etadi. Smart Match tizimi orqali profilga mos keladigan xalqaro dasturlar saralanib, har biriga qanchalik mos kelishi foizlarda ko‘rsatiladi. Tizim "Nima yetishmayapti?" funksiyasi orqali talabaga qaysi talab yoki hujjat hali bajarilmaganini tahlil qilib ko‘rsatib beradi. Shuningdek, hujjatlar checklisti, motivatsion xatni bosqichma-bosqich tayyorlash, ariza statusi va deadline eslatmalari bitta sahifada boshqariladi. Platformaning biznes modeli talabalar uchun asosiy funksiyalarni bepul taqdim etishga, motivatsion xatni tekshirish va shaxsiy roadmap uchun Talaba Premium obunasiga, shuningdek xorijiy universitetlar uchun yillik obuna hamda e'lon joylashtirish xizmatlariga asoslangan. Loyiha hozirgi kunda web-prototip bosqichidan o‘tgan bo‘lib, kelgusida real ma'lumotlar bazasi, ro‘yxatdan o‘tish, mobil ilovalar hamda kengaytirilgan imkoniyatlarni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Команда

Abdumannonova Gulira'no

Достижения

IT Queens - Raqamli ta’lim yo‘nalishi 2-o‘rin

Изображения

EduBridgeEduBridge

Другие проекты этого направления