Soatbay
"Soatbay" loyihasi qizlar, xususan talabalar uchun xavfsiz, moslashuvchan va qulay ish imkoniyatlarini topishga mo‘ljallangan maxsus mobil ilovadir.
Bugungi kunda mavjud ish platformalarida qizlar uchun alohida xavfsizlik va ishonchlilik tizimining yetarli emasligi, ish joyi, sharoit va maosh haqida to‘liq ma’lumot berilmasligi ular uchun o‘zlariga mos ish topishni qiyinlashtiradi. Shu muammoni hal qilish maqsadida yaratilgan ushbu ilova qizlarga ish topishni oson, tez va xavfsiz qiladi.
Ilova ikki asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, ish qidiruvchilar o‘zlari haqida ma'lumot kiritib, mos ishlarni ko‘rishi va ariza yuborishi mumkin. Ish beruvchilar esa korxona ma'lumotlari, talab etiladigan ishchi, shartlar va maoshni ko‘rsatib o‘tishadi.
Команда
Mubina Murodova
Достижения
IT Queens - Mobil ilovalar yo‘nalishi 2-o‘rin
