Hammasi Birda
Hammasi birda — Telegram kanallaridagi e'lonlarni bitta joyga yig'adigan sayt.

Hammasi birda — O'zbekistonda uy, kvartira, ish va avtomobil e'lonlarini bitta joyda jamlagan sayt. Bugungi kunda e'lonlar juda ko'p Telegram kanallariga tarqalib ketgan, kerakli e'lonni topish uchun ularni birma-bir kezib chiqish ko'p vaqt oladi. Hammasi birda shu muammoni hal qiladi: turli kanallardagi e'lonlar bitta qulay lentada yig'iladi, foydalanuvchi esa faqat o'zi qidirayotgan narsaga e'tibor qaratadi.
Sayt uchta asosiy bo'limdan iborat. Uy va kvartira bo'limida ijara hamda sotuv e'lonlari, Ish va kasb bo'limida bo'sh ish o'rinlari va vakansiyalar, Avto bo'limida avtomobil oldi-sotdi e'lonlari joylashgan. Har bir bo'lim alohida manzilda ochiladi va bo'limlar orasida o'tish deyarli bir zumda amalga oshadi.
Команда
Raxmonov Saidumar Sa'dullo o'g'li


