Qo‘qon universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muqimjonova Nilufarxon “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldi.

Bu yuksak yutuq — talabaning mehnati, ustozlarining sabr-toqati va ota-onasining qo‘llab-quvvatlashi samarasi ekanligi shubhasiz.
Shu munosabat bilan Qo‘qon universiteti jamoasi Nilufarxon tahsil olgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib, ustozlariga hamda ota-onasiga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Qo‘qon universiteti yoshlarining bunday yutuqlari kelajak avlod uchun katta ilhom manbaidir!
Nilufarxonni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va kelgusida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
