+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

So'rovnoma natijalari to'g'risida

So'rovnoma natijalari to'g'risida

30.04.2026

HURMATLI DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR!

 

Qo'qon universitetida o'tkazilgan 'Ilmiy-tadqiqot va ta'lim jarayoni sifatini monitoring qilish' so'rovnomasida faol ishtirok etganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz (Jami 81 izlanuvchi, 34 ilmiy rahbar va 32 ish beruvchi qamrab olindi).

Siz bildirgan taklif va mulohazalar hamda tahlil natijalari asosida quyidagi muhim ishlar amalga oshirildi:

1. EBSCO va Scopus xalqaro ilmiy bazalaridan foydalanish bo'yicha maxsus o'quv seminar-treninglari tashkil etildi hamda ularga ochiq kirish imkoniyati kengaytirildi;

2. Mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar uchun yagona 'Individual ish rejasini tuzish bo'yicha namunaviy shablonlar to'plami' ishlab chiqildi va HEMIS tizimiga yuklandi;

3. Ish beruvchilar va ilmiy rahbarlar taklifi bilan ta'lim dasturiga AI va loyihalarni boshqarish bo'yicha amaliy modullar kiritildi.

Har bir bildirgan fikringiz universitetimizda ilmiy faoliyat sifatini oshirishga xizmat qiladi!"

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo'limi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish departamenti