+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

Zoom platformasi orqali Qo‘qon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zebo Qobilova hamda Ilmiy tadqiqotlar departamenti rahbari Boburmirzo Xursanaliev rahbarligida ilmiy rahbarlar, tayanch doktorantlar (PhD) va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda 90 nafarga yaqin qatnashchi OAK tizimidagi o'zgarishlar, yangi talablar, shuningdek, Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda maqolalar chop etish masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Seminar davomida o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyat sarhisob qilindi, yangi o‘quv yili oldidan reja-maqsadlar tuzildi, ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirish hamda muvaffaqiyatli himoyaga qadam-baqadam chiqish bosqichlari haqida batafsil muhokama qilindi. Seminar qizg‘in savol-javob va yangi fikr-g‘oyalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.