Moliya va FinTech ta’limida yangi bosqich: Qo‘qon universiteti va UNEC o‘rtasida strategik bitim imzolandi

Xankendi shahrida o‘tayotgan II Rektorlar forumi doirasida Qo‘qon universiteti hamda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi (MoU) imzolandi.
UNEC Janubiy Kavkazning eng yetakchi iqtisodiy tayanch OTMi bo‘lib, xalqaro moliya va biznes ta’limida ulkan tajribaga ega. Imzolangan bitimga asosan:
1. Qo‘shma laboratoriya: Qo‘qon universitetida 1 ta zamonaviy "FinTech va amaliy ekonometrika" qo‘shma o‘quv laboratoriyasi tashkil etiladi;
2. Qo‘shma ta’lim dasturi: Moliya va Iqtisodiyot yo‘nalishlarida "2+2" qo‘shma ta’lim dasturini (Double Degree) yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi;
3. Akademik mobillik: O‘zaro paritet asosida (full tuition-waiver — to‘liq bepul o‘qitish) talabalar almashinuvi boshlanadi;
4. Ilmiy nashrlar: Professor-o‘qituvchilar hammuallifligida zamonaviy bank ishi bo‘yicha xalqaro darslik chop etiladi





