O‘zbekiston bo‘ylab 5 hududda 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi boshlanmoqda
Abdullah Bahromov 09.10.2026 48 marta ko'rilgan

IT Park Uzbekistan yoshlar, talabalar va startap g‘oyasi bor ishtirokchilar uchun bir oylik inkubatsiya dasturiga start beradi. Dastur quyidagi hududlarda tashkil etiladi:
Samarqand viloyati
Qashqadaryo viloyati
Qoraqalpog'iston
Andijon viloyati
Farg'ona viloyati
Kimlar qatnashishi mumkin?
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar
Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin.
Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
Mahorat darslari
Jamoa bo‘lib ish yuritish
MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish
Ro'yxatdan o'tish uchun deadline: 15 oktyabr
Format: Online va Offline
Ro‘yxatdan o‘tish
@startupbaseuz

#yangiliklar



