O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, taniqli olim, akademik Nurislom To‘xliyev Qo‘qon universitetida
Abdullah Bahromov 09.10.2026 31 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, taniqli olim, akademik Nurislom To‘xliyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida akademik Turizm va iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun ochiq ma’ruza tashkil etildi. Uchrashuvda Nurislom To‘xliyev mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni hamda turizm sohasining, xususan, ziyorat turizmining iqtisodiyot tarmoqlari bilan o‘zaro uzviy aloqalari haqida so‘z yuritdi.
Talabalar mintaqaviy iqtisodiyot va turizm sohasidagi dolzarb masalalar, shuningdek, ziyorat turizmini rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlash yo‘llari haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar. Akademikning amaliy misollar va hayotiy tajribaga boy chiqishi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelajakda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.





#yangiliklar



