Atyrau va Qo‘qon universitetlari hamkorligida binar dars tashkil etildi
Abdullah Bahromov 12.10.2026 6 marta ko'rilgan

Qo'qon universiteti va X. Dosmuhamedov nomidagi Atyrau universiteti hamkorligida universitetning 6B01302 — “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun “O‘qitish metodikasi va texnologiyalari” fanidan hamkorlikdagi binar dars tashkil etildi.
Dars Atyrau universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi professori Ulday Talkashevna Tulenova hamda Qo‘qon universiteti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti Zarafshan Kalbayevna Kalendarova tomonidan hamkorlikda olib borildi.
Binar dars davomida fan doirasidagi mavzular yuzasidan fikr almashildi, zamonaviy o‘qitish metodikasi va texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat berildi.




#yangiliklar



