“Besh tashabbus olimpiadasi” / Sport haftaligi

Qo‘qon universitetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda talabalar o‘rtasida do‘stona raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport haftaligi davom etmoqda.
Haftalik doirasida sportning futbol va stol tennisi turlari bo‘yicha saralash bosqichlari tashkil etildi. Musobaqalarda talabalar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbirlar talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda sport madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Qo‘qon universitetida sport haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda!








