Bitiruvchi kurs talabalari uchun “Kelajakka qadam” dasturi imkoniyatlari taqdim etildi
Abdullah Bahromov 08.10.2026 23 marta ko'rilgan

Qo’qon universitetining bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida “O‘zmilliybank” AJ Qo‘qon BXM boshqaruvchisi Maxsudov Sherzod Shokirovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarga taqdim etilayotgan kredit va bandlik imkoniyatlari, jumladan, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish, kasbga tayyorlash hamda xorijiy qisqa muddatli kurslarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.



#yangiliklar



