Direktor va talabalar uchrashuvi
Abdullah Bahromov 09.10.2026 44 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Bugun universitet direktori Zaxidov G‘afurjon Erkinovichning Ta’lim fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalarning ilmiy va ijodiy loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelgusidagi faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish hamda universitet hayotidagi faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.




#yangiliklar



