Dissertatsiyalar muhokamasi

2026-yil 31-oktabr kuni Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi:
🔹 Soat 09:00.
Ismoilova Gulyora Xabibullo qizining “O‘zbek va ingliz tillarida teologik leksemalar ishtirok etgan maqollarning semantik-struktur tadqiqi ” mavzusidagi dissertatsiyasi.
Ixtisoslik shifri: 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik
🔹Soat 11:00.
Ibrohimova Gulirano Rustamjon qizining “O‘zbek va ingliz bolalar xalq o‘yinlari lingvomadaniy va lingvokognitiv xususiyatlarining tilda ifodasi” mavzusidagi dissertatsiyasi.
Ixtisoslik shifri: 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik.
Ilmiy seminar ishida professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.
📌 Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-uy, Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi, 2-qavat, konferensiyalar zali



