+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Abdullah Bahromov 22.08.2026 19 marta ko'rilgan
Dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi

2026-yil 27-avgust  kuni Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi:

🔹 Soat 08:00.

Payg‘amova Shirin Jakbarali qizining  “Amiriy ijodida folklorizmlarning o‘rni” mavzusidagi dissertatsiyasi.
Ixtisoslik shifri: 10.00.02 — O‘zbek mumtoz adabiyoti
🔹Soat 10:00.

Nabijonova Nodirabonu Nozimjon qizining  “Oʻzbek va rus tillaridagi gender belgili maqollarning korpus-freym tahlili ” mavzusidagi dissertatsiyasi.
Ixtisoslik shifri: 10.00.13— Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik.


🔹Soat 12:00.

Botirova Zebuniso Solijon qizi   “Ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy agressiyani ifodalovchi vositalarning funksional-pragmatik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasi.

Ixtisoslik shifri: 10.00.13— Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik.


Ilmiy seminar ishida professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishlari mumkin.

📌 Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-uy, Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi, 2-qavat, konferensiyalar zali

#yangiliklar