Talabalarimiz yutuqlari
Abdullah Bahromov 03.10.2026 35 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti talaba-qizlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika startap ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati hududiy bosqichida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.
Tanlovning turli yo‘nalishlari bo‘yicha:
Dasturiy ta’minot yo‘nalishi — 1-o‘rin: Orifjonova Mubinaxon;
Sun’iy intellekt yo‘nalishi — 1-o‘rin: Ma’rufova Gulchiroy va Aminjonova Xonzodaxon;
Raqamli ta’lim yo‘nalishi — 2-o‘rin: Abdumannonova Gulira’no;
Mobil ilovalar yo‘nalishi — 2-o‘rin: Murodova Mubinaxon;
Veb-ishlanmalar yo‘nalishi — 3-o‘rin: Akramova Kamolaxon va Rahmonjonova Ro‘zixon.
Natijalar talaba-qizlarning dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, mobil ilovalar va veb-ishlanmalar yo‘nalishlaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Qo‘qon universiteti jamoasi g‘olib va sovrindor talabalarni tabriklaydi hamda ularning kelgusidagi ta’lim, startap va innovatsion loyihalarida muvaffaqiyat tilaydi.



#yangiliklar



