+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

Abdullah Bahromov 02.10.2026 22 marta ko'rilgan
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv

  Bugun Qo‘qon universitetida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni turli yot g‘oyalardan asrash hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Qo'qon universitetining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sherzod Dehqonov hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Zokirjon Hakimov ishtirok etib, yoshlar uchun dolzarb mavzularda ma’ruzalar qildilar.

Uchrashuv davomida jaholatning salbiy oqibatlari, yoshlarni turli zararli g‘oyalardan asrash, ma’rifat va bilim orqali yot qarashlarga qarshi kurashishning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.

 

photo_2026-10-02_17-41-32.jpg

photo_2026-10-02_17-41-28.jpg

photo_2026-10-02_17-41-43.jpg

photo_2026-10-02_17-41-47.jpg

photo_2026-10-02_17-41-52.jpg

#yangiliklar