+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

ICT WEEK UZBEKISTAN 2026

Abdullah Bahromov 22.09.2026 10 marta ko'rilgan
ICT WEEK UZBEKISTAN 2026

 Bugun Toshkent shahridagi CAEx — Central Asian Expo Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2026 xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi o‘z ishini boshladi. Tadbir 22–25-sentabr kunlari davom etadi.
Mazkur yirik xalqaro texnologik tadbirda Qo‘qon universiteti jamoasi ham o‘zining innovatsion va startap loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, startaplar va venchur investitsiyalar, IT-ta’lim, fintech hamda xalqaro texnologik hamkorlik kabi yo‘nalishlarda ko‘rgazma, forum va amaliy sessiyalar tashkil etilmoqda.

ICT WEEK Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida 15 ming kvadrat metr maydonda 300 dan ortiq eksponent ishtirok etishi, tadbirga 25 mingdan ziyod tashrif buyuruvchi kelishi hamda 51 mamlakat vakillari qatnashishi rejalashtirilgan.

photo_2026-09-22_18-29-31.jpg

photo_2026-09-22_18-29-24.jpg

photo_2026-09-22_18-29-38.jpg

photo_2026-09-22_18-29-35.jpg

#yangiliklar