+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Ilmiy seminar

Abdullah Bahromov 19.10.2026 11 marta ko'rilgan
Ilmiy seminar

E’LON

Ilmiy seminar

2026-yil 24-oktabr kuni soat 08:00 va 10:00 da Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.

📌 Kun tartibi: 
Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchisi Valiyeva Nargiza Athamboyevnaning 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha "Fanlararo integratsiya orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dizayn fikrlashini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari" mavzusidagi, 
13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Yoqubaliyeva Dilafro‘z Payzidin  qizining "Bo‘lajak tarbiya fani o‘qituvchilarini kasbiy-metodik rivojlantirish orqali fanni o‘qitishga tayyorlash metodikasi" mavzusidagi dissertatsiyasi  muhokamasi.
Majlisga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar hamda tadqiqotchilar taklif etiladi.
📌 Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-uy, Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi, 2-qavat, konferensiyalar zali

#yangiliklar