Xalqaro aloqalar | Qirg‘iziston

Qo‘qon universiteti va xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda akademik aloqalarni rivojlantirish doirasida universitetning Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Ijtimoiy fanlar, Pedagogika va psixologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari akademik mobillik dasturi asosida O‘sh davlat pedagogika universitetida bo‘lishdi.
Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish hamda o‘quv jarayoniga zamonaviy ta’lim metodlarini tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.






