+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Abdullah Bahromov 10.10.2026 13 marta ko'rilgan
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

9-oktabr kuni Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetida “Zamonaviy sanoatni raqamlashtirish va innovatsion rivojlantirishda aniq fanlarning o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Tojikiston, O‘zbekiston, Rossiya va Turkiyaning yetakchi olimlari, professorlari hamda IT sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Jumladan, Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi professori Xurshida Ustadjalilova va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Yuriy Pisetskiy, Anqara universiteti professori Iman Askerzade onlayn ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Xurshida Ustadjalilova “Matematik va tabiiy-ilmiy ta’lim vositasida barqaror rivojlanishning asosiy kompetensiyalarini shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi.

photo_2026-10-12_18-05-26.jpg

#yangiliklar