+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda xalqaro standartlar: ADPU bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriya ochiladi

Abdullah Bahromov 17.10.2026 19 marta ko'rilgan
Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda xalqaro standartlar: ADPU bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriya ochiladi

 II Rektorlar forumining navbatdagi amaliy yutug‘i: Qo‘qon universiteti hamda Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti (ADPU) o‘rtasida amaliy hamkorlik shartnomasi imzolandi.
 
ADPU Ozarbayjonning bosh pedagogik flagmani hisoblanadi. Mazkur shartnoma Qo‘qon universitetining eng yirik talabalar kontingentiga ega bo‘lgan Boshlang‘ich ta’lim, Maktabgacha ta’lim, Maxsus pedagogika (defektologiya/logopediya) hamda Psixologiya yo‘nalishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi:
 
●     Qo‘qon universitetida "Zamonaviy erta rivojlanish va inklyuziv ta’lim metodikalari" bo‘yicha 1 ta qo‘shma ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
●     Bo‘lajak pedagog talabalarimiz o‘zaro semestrlik bepul mobillik dasturlarida tahsil oladilar;
●     Maxsus ta’lim bo‘yicha qo‘shma metodik darslik nashr etilib, ikki davlat vazirliklarining ilmiy grantlariga birgalikda arizalar topshiriladi.

photo_2026-10-20_17-31-12.jpg

photo_2026-10-20_17-57-34.jpg

photo_2026-10-20_17-31-16.jpg

#yangiliklar