IT sohasi / Hamkorlik memorandumi
Abdullah Bahromov 16.10.2026 24 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” Farg‘ona hududiy filiali rahbari M. M. Sobirov hamda Mars Solutions korxonasining loyihalar bo‘yicha menejeri N. N. Urazov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida universitet va IT sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, talaba-yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni istiqbolli loyihalarga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida talabalarni amaliy IT loyihalariga jalb qilish, dasturiy mahsulotlar yaratish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish, amaliyot hamda stajirovka imkoniyatlarini kengaytirish, startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.






#yangiliklar



