Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi

Özbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni (ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).
Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi;
Davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.



