“Local Stories Uzbekistan”

Qo‘qon universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetining Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Local Stories Uzbekistan” xalqaro turizm loyihasi taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida loyiha vakili tomonidan O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng targ‘ib etish, hududlarning o‘ziga xos mahalliy hunarmandchiligi, milliy taomlari, urf-odatlari va tarixiy hikoyalari asosida yangi turistik yo‘nalishlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar uchun xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlash, turistik marshrutlar ishlab chiqish, raqamli platformalar uchun foto, video va kreativ kontentlar tayyorlash hamda xalqaro loyiha doirasida amaliy tajriba orttirish imkoniyatlari muhokama qilindi.








