Xalqaro aloqalar | Ozarbayjon
Abdullah Bahromov 19.10.2026 27 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti jamoasi Qorabog‘ hududidagi ta’lim muassasalari bilan tanishdi.
II Rektorlar forumi doirasida Qo‘qon universiteti jamoasi forum delegatsiyasi tarkibida Ozarbayjon Respublikasining Qorabog‘ hududida joylashgan ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qorabog‘ universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabi faoliyati, ta’lim jarayoni va o‘quvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Qorabog‘ universiteti
Delegatsiya a’zolari universitetning Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari fakulteti hamda Universitet klinikasida bo‘lib, ta’lim va amaliy tibbiyot uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma, mavjud imkoniyatlar va shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabi
Delegatsiya Fuzuli shahrida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qardosh Ozarbayjonga sovg‘a sifatida qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabiga ham tashrif buyurdi.
960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan mazkur ta’lim muassasasi 2023-yil 23-avgust kuni ikki davlat rahbarlari ishtirokida tantanali ravishda ochilgan. Tashrif davomida maktabdagi zamonaviy ta’lim infratuzilmasi, o‘quv xonalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.



#yangiliklar



