Xalqaro aloqalar | Turkiya
Abdullah Bahromov 19.10.2026 21 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti vakillari Orhun akademik almashinuv dasturi doirasida Turkiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Ege universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Qo‘qon universiteti Jahon tillari va filologiya fakulteti dekani Muhammadjon Najmiddinov hamda Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani Jasurbek Turg‘unov Ege universiteti rektori professor doktor Musa Alcı bilan uchrashdilar.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, akademik aloqalarni mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.






#yangiliklar



