Ilmiy yutuq
Abdullah Bahromov 16.09.2026 11 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Inoyatova Dilnoza Qunonboy qizi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Ushbu yuksak natija ustozning ilm-fan yo‘lidagi izlanishlari, mashaqqatli mehnati va kasbiy mahoratining munosib e’tirofidir.
Universitet jamoasi Inoyatova Dilnoza Qunonboy qizini mazkur ilmiy daraja bilan samimiy muborakbod etadi.
Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!

#yangiliklar



