“NAZM VA NAVO” musiqiy-adabiy kechasi
Abdullah Bahromov 11.10.2026 7 marta ko'rilgan

Qadrli do‘stlar! Tilimiz jozibasi, so‘z qudrati va Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining nafis merosiga bag‘ishlangan go‘zal bir kechaga samimiy taklif etamiz.
Sana: 2026-yil 15-oktabr, soat 14:00
Manzil: Qo‘qon universiteti
Ushbu kechada Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining o‘zbek tili ravnaqiga qo‘shgan bebaho hissasi namoyon bo‘ladi. Tilimizning jozibasini yaqqol aks ettiruvchi g‘azal, murabba’ va muxammaslar musiqa va she’riyat uyg‘unligida jonlanadi.
Qo‘shiqlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhsinbek Mo‘minov ijrosida yangraydi.
She’riy matnlar Qo‘qon universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi ustoz va talabalari ijrosida o‘qiladi.
Mumtoz so‘z va maftunkor navo uyg‘unligida tilimiz go‘zalligini birgalikda his etamiz. Sizni ushbu ma’naviy ziyofatdan bahramand bo‘lishga chorlaymiz!
#yangiliklar



