+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“NAZM VA NAVO” musiqiy-adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi

Abdullah Bahromov 15.10.2026 9 marta ko'rilgan
“NAZM VA NAVO” musiqiy-adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi

 Qo‘qon universitetida o‘zbek tilining jozibasi, so‘z san’atining qudrati hamda Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” musiqiy-adabiy kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Qo‘qon adabiy muhiti namoyandalarining o‘zbek tili va milliy adabiyotimiz ravnaqiga qo‘shgan bebaho hissasi alohida e’tirof etildi. Mumtoz adabiyotimizning go‘zal namunalari bo‘lgan g‘azal, murabba’ va muxammaslar musiqa va she’riyat uyg‘unligida yangrab, ishtirokchilarga o‘zgacha ma’naviy zavq bag‘ishladi.
Kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhsinbek Mo‘minov tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Qo‘qon universitetining filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi ustoz va talabalari tomonidan o‘qilgan she’riy namunalar esa mumtoz so‘z san’atining betakror jozibasini namoyon etdi.
Musiqa va she’riyat uyg‘unligida o‘tgan mazkur kecha milliy adabiy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida ona tilimiz va mumtoz adabiyotimizga muhabbat tuyg‘ularini yuksaltirishga qaratildi.

photo_2026-10-15_17-50-09.jpg

photo_2026-10-15_17-50-12 (2).jpg

photo_2026-10-15_17-50-13.jpg

photo_2026-10-15_17-50-13 (3).jpg

photo_2026-10-15_17-54-40.jpg

photo_2026-10-15_17-50-13 (2).jpg

photo_2026-10-15_17-50-13 (4).jpg

photo_2026-10-15_17-50-12 (3).jpg

#yangiliklar