Yangi_tayinlov

Aminjonov Avazjon Abdumajid o‘g‘li Qo‘qon universiteti Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri etib tayinlandi.
A. Aminjonov bakalavr bosqichini Andijon davlat universitetida, magistratura va PhD bosqichlarini esa Janubiy Koreyaning TOP-1000 talik universitetlaridan biri — Kangwon National Universityda muvaffaqiyatli tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Kangwon National Universityda tadqiqotchi-assistent sifatida faoliyat yuritgan. 2025-yildan buyon Qo‘qon universitetining Jahon tillari kafedrasida katta o‘qituvchi, keyinchalik esa kafedra mudiri lavozimlarida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Jamoamiz nomidan yangi lavozim bilan muborakbod etamiz!




