Yangi_tayinlov
Abdullah Bahromov 08.09.2026 14 marta ko'rilgan

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Omonov Baxtiyorjon Xabitovich Qo‘qon universiteti “Fakultetlararo tillar” kafedrasi mudiri etib tayinlandi.
B. Omonov PhD darajasini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida olgan. Magistrlik va bakalavr bosqichlarini O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti(O’zDJTU)da olgan. Mehnat faoliyati davomida Uchko‘prik tumani XTBga qarashli 11- va 12-maktablarda ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qo‘qon davlat pedagogika institutida stajyor-o‘qituvchi, Ma’naviy ishlar bo’yicha dekan o‘rinbosari, assistent-o‘qituvchi, shuningdek, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2024-yil 10-dekabrdan Qo‘qon universitetida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Jamoamiz nomidan yangi lavozim bilan muborakbod etamiz!

#yangiliklar



