Yangi_tayinlov
Abdullah Bahromov 08.09.2026 16 marta ko'rilgan

Oripov Ravshanjon Rustamjon o‘g‘li — Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani muovini etib tayinlandi.
O.Ravshanjon bakalavr va magistratura bosqichlarini Qo‘qon universitetida tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Turizm va iqtisodiyot fakulteti ish yurituvchisi, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, shuningdek, Turizm va iqtisodiyot fakulteti tyutori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Tyutorlik faoliyati davomida o‘zining tashabbuskorligi, mas’uliyatliligi va talabalar bilan samarali ishlashi orqali ta’lim jarayoniga munosib hissa qo‘shib kelgan hamda Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan “ISLOHOTLAR BILIMDONI” Respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining universitet bosqichida Oripov Ravshanjon Rustamjon o‘g‘li “Eng yaxshi tyutor” nominatsiyasi g‘olibi deb e'tirof etilgan.
Jamoamiz nomidan yangi lavozim bilan muborakbod etamiz!

#yangiliklar



