+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

E'LON / Yoshlar bandligi — yangi imkoniyatlar va istiqbollar

Abdullah Bahromov 07.10.2026 15 marta ko'rilgan
E'LON / Yoshlar bandligi — yangi imkoniyatlar va istiqbollar

Hurmatli bitiruvchi kurs talabalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bandligini oshirish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ Qo‘qon BXM boshqaruvchisi Maxsudov Sherzod Shokirovich ishtirokida uchrashuv o‘tkaziladi.

Uchrashuvda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida taqdim etilayotgan quyidagi imkoniyatlar bilan tanishishingiz mumkin:
“Tadbirkorlikka ilk qadam” – biznesga ilk qadam qo‘ymoqchilarga 20 mln so‘mgacha kredit.
“Biznes start” – mustaqil biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga 300 mln so‘mgacha kredit.
“Biznes progress” – faoliyatini kengaytiruvchilarga 2 mlrd so‘mgacha kredit.
“Talaba invest” – yoshlarni ish bilan ta’minlovchi tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kredit.
“Mening birinchi kasbim” – bitiruvchilarni kasbga tayyorlash va xorijda qisqa muddatli kurslarda qatnashishini qo‘llab-quvvatlash.

Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Sana: 08.10.2026
Vaqti: 11:00
Manzil: A bino 209-xona

 

photo_2026-10-07_18-05-23.jpg

#yangiliklar