+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi”: sport haftaligi final bosqichi

Abdullah Bahromov 23.10.2026 30 marta ko'rilgan
“Besh tashabbus olimpiadasi”: sport haftaligi final bosqichi

 Qo‘qon universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Bugun sport haftaligi doirasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Haftalik davomida talabalar musobaqalarda faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamjihatligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi kelgusi haftada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sport haftaligini tashkil etishda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar va universitet xodimlariga, shuningdek, musobaqalarda faol qatnashgan barcha talabalarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

photo_2026-10-23_18-36-33.jpg

photo_2026-10-23_18-36-37.jpg

photo_2026-10-23_18-36-40.jpg

photo_2026-10-23_18-36-47.jpg

photo_2026-10-23_18-36-55.jpg

photo_2026-10-23_18-36-52.jpg

#yangiliklar