Orientation Week / Muzeyga tashrif

Qo‘qon universitetida Orientation Week doirasida 1-bosqich talabalarining universitet hayotiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda tarixiy-madaniy merosga qiziqishini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Kecha haftalik doirasida 1-bosqich talabalari Qo‘qon o‘rda muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar Qo‘qon xonligi tarixiga oid eksponatlar, tarixiy obidalar va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Orientation Week doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.







