Talabalarimiz yutuqlari / “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar”
Abdullah Bahromov 09.10.2026 30 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti talaba-qizlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika startap ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.
Tanlovning “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida ishtirok etgan Ma’rufova Gulchiroy va Aminjonova Xonzodaxon o‘zlarining innovatsion loyihalari bilan munosib natijaga erishdilar.
Avval tanlovning Farg‘ona viloyati hududiy bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Qo‘qon universiteti jamoasi g‘olib talabalarni erishgan natijalari bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi o‘qish va innovatsion faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#yangiliklar



