O’zbek tili haftaligi
Abdullah Bahromov 18.10.2026 6 marta ko'rilgan

O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Qo’qon universiteti Jahon tillari va filologiya fakulteti O’zbek va rus filologiyasi kafedrasi 2026-yil 19–23-oktabr kunlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini e'lon qiladi!
HAFTALIK DASTURI:
19-oktabr, dushanba
Haftalikning tantanali ochilishi. “Davlat tili haqida”gi Qonun (1989-yil 21-oktabr) va davlat tilining nufuzini oshirishga oid me’yoriy hujjatlar bo’yicha ma’ruza.
“Til posbonlari” reydi. Talabalar ko’chalardagi reklama, e’lon va peshlavhalardagi imlo xatolarini aniqlab, to’g’ri shakllari bilan taqdimot tayyorlaydi.
20-oktabr, seshanba
“Ona tilim — jon-u dilim” chellenji. Ona tili haqidagi she’r, maqol yoki hikmatli so’zni o’qib yoki ijodiy chiqish qilib qisqa video tayyorlang va fakultetning Telegram kanali yoki Instagram sahifasiga #OnaTilimJonuDilim heshtegi bilan joylang. Eng faol va mazmunli ishtirokchilar aniqlanadi!
21-oktabr, chorshanba — O’zbek tili bayrami
“She’rlar guldastasi” mushoira kechasi. Mumtoz va zamonaviy shoirlarning ona tili haqidagi she’rlari hamda talabalarning o’z ijodidan namunalar. Eng yaxshi ijrochilar taqdirlanadi!
22-oktabr, payshanba
“Ona tilim — faxrim” adabiy-badiiy-musiqiy kechasi. Ona tili va Vatan madhiga bag’ishlangan she’rlar, qo’shiqlar va sahna ko’rinishlari.
23-oktabr, juma
Imlo diktanti tanlovi (lotin yozuvida). Xatosiz yoza olasizmi? Kuchingizni sinab ko’ring!
Insholar tanlovi. Mavzular:
“Globallashuv davrida ona tilini asrash — har birimizning burchimiz”
“Ijtimoiy tarmoqlarda o’zbek tilining holati: nima qilishimiz kerak?”
“Agar tilim gapira olsa...”
“Ona tilimga maktub”
“Davlat tili — mustaqillik ramzi”

#yangiliklar



