Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari xalqaro TOEFL tadbirida
Abdullah Bahromov 12.10.2026 16 marta ko'rilgan

Joriy yilning 10-oktabr kuni Toshkent shahridagi U-ENTER innovatsion markazida ETS tashkilotchiligida “TOEFL Experience Day” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘qon universiteti Fakultetlararo tillar kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar yangilangan TOEFL iBT imtihon tizimi, zamonaviy baholash yondashuvlari va ta’lim uchun mo‘ljallangan yangi resurslar bilan tanishib, xalqaro tajriba almashdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.




#yangiliklar



