Alisher Navoiy ensiklopediyasi” taqdimoti

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida ilmiy-adabiy nashrlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi”, “Sotsiolingvistika atamalarining izohli lug‘ati” va 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” kitoblari taqdim etildi.
Qo‘qon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zeboxon Bakirovna “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning mazmun-mohiyati va ilmiy ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
Tadbirda mazkur nashrlarning o‘zbek tili va adabiyoti, xususan, navoiyshunoslikni rivojlantirishdagi muhim o‘rni ta’kidlandi.








