Turizm va Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida Turizm festivaliga taklif etamiz!

Hurmatli Qo'qon universiteti professor-o'qituvchilari va aziz talabalar!
Sizlarni Turizm va Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida tashkil etilayotgan Turizm Festivaliga taklif etamiz!
Sizni:
turistik yo'nalishlar taqdimoti,
interaktiv ko'rgazmalar,
milliy taomlar namoyishi,
ijodiy chiqishlar,
ko'tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar kutmoqda!
O'tkazilish joyi: Qo'qon universiteti C bino hovlisi
Sana: 8-oktabr
Boshlanish vaqti: 11:00
Turizm — dunyoni kashf etish, madaniyatni asrashdir!
Barcha aziz professor-o'qituvchilar va qadrli talabalarni Turizm Festivalida faol ishtirok etishga chorlaymiz!




